Men Haqimda

Men Haqimda | ZekiSoft.uz

Men Haqimda?

Salom, mening ismim Abdulloh Mirkamol. Men Toshkentda tug‘ilganman va IT olamiga qiziqishim kichik yoshimdan beri davom etib kelmoqda. Veb-saytlar, Telegram botlar dasturlash va veb-dizayn kabi sohalarga bo‘lgan qiziqishim texnologiya tez rivojlanayotgan bugungi dunyoda meni doimo hayajonga soladi. Bu sohadagi tajribalarim doimo bilim va ijodga bo‘lgan chanqog‘imni qondiradi.


Turkiyaga kichik yoshimdan boshlab ta’lim olish uchun borganman. Litseyda o‘qish davomida informatika sohasida amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ldim va bu jarayon davomida kompyuter dasturlari savdosi va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha chuqur bilimlar va katta tajribalar oldim. Men Turkiyada informatika yo‘nalishi bo‘yicha litseyni tamomladim va bu sohada o‘zimni doimiy ravishda takomillashtirib borishga harakat qilyapman. Kompyuter va informatika faniga bo‘lgan ishtiyoqim har kuni yangi narsalarni o‘rganish istagimni kuchaytiradi va bu meni loyihalarimga yanada ko‘proq yangiliklar kiritishga undaydi.


Turk tili men uchun ona tilim kabi bo‘lib qolgan va bu til menga juda katta ma’lumot va tajribalarga ega bo‘lish, yangi bir dunyoni o‘rganish imkoniyatini berdi. Turkiyaning IT olamidagi yangiliklar va o‘zgarishlarni kuzatib borish, hamda bu ma’lumotlarni o‘z mamlakatimga yetkazish orqali, bu sohaning bizning davlatimizda yanada rivojlanishiga hissa qo‘shishimda juda katta yordami tegadi.


Mening sevimli mashg‘ulotlarim orasida veb-sayt manba kodlarini tekshirish, tahrirlash va sinab ko‘rish, shuningdek, kompyuterlarga texnik xizmat ko‘rsatish va texnologiya olamidagi yangiliklarni kuzatish kiradi. Bu sevimli mashg‘ulotlar meni texnologiya va IT yangiliklari bilan ham nafas olishga va doimo bilim olishga undaydi.


Men ZekiSoft loyihasini asos solganman: ZekiSoft — bu mijozlarimga IT sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarim orqali turli xildagi kerakli xizmatlar ko‘rsatadigan platforma bo‘ladi. Bu loyihani amalga oshirayotganimda, nafaqat o‘z ishimni yo‘lga qo‘yish, balki boshqalarga ham foyda keltirish, ularning ishini yengillashtirish va bu sohani rivojlantirish uchun bor kuchimni ishga solaman.


ZekiSoft loyihasi kelajakda muvaffaqiyatli bo‘lishiga va ushbu platforma IT olamida o‘z brendimni yuqori pog‘onadagi platformalar qatoriga qo‘shilishiga ishonaman. Texnologiya tez o‘zgarib borayotgan bir davrda uzluksiz o‘rganish va rivojlanishga ochiq bo‘lish men uchun nafaqat majburiyat, balki katta ishtiyoq va turmush tarzidir.


Umid qilamanki, bu matn mening IT olamidagi qarashlarim va maqsadlarimni aniq aks ettiradi.


Taʼlim

Atatepe Mesleki ve Teknik Anadolu Litseyi

GEMLİK/BURSA (2019 - 2023)

Axborot texnologiyalari / Web dasturlash

Eskişehir Anadolu Univeristeti

Hozirda o'qiyman (2024 - 2026)

Kompyuter Dasturchiligi

Bizning Xizmatlarimiz!

Mukammal Web Saytlar!

Mukammal Ko'rinishga Ega Turli Xil
Murakkab Web Saytlar Tayyorlash!

SEO Xizmatlari!

Web Saytlarni Munosib Poğonaga Olib Chiqish! Qidiruv Tizimlarida, Trafik va Kliklarni Oshirish!

Telegram WebApp Botlar!

Hozirda Tezda Rivojlanayotgan
Telegram WebApp Botlar Tayyorlash!

Maxsus Loyihalar!

Buyurtma Asosida Siz Uchun Maxsus
Loyihalar va Dasturlar Tayyorlash!

Photoshop & Mockup!

Biznes va Brendlar uchun
Ajoyib Mockup'lar Tayyorlash!

O'zgacha Logotiplar!

O'zgacha Ko'rinish & Sifatga Ega
Turli Yo'nalishlarda Logotiplar Tayyorlash!

Ish tajribasi

TEKNOKEN BİLGİSAYAR VE İNTERNET HİZMETLERİ

TEKNOKEN BİLGİSAYAR VE İNTERNET HİZMETLERİ

‎Bursa AkınSoft Bölge Bayi (2022 - 2023)

Kompyuter dasturiy va texnik xizmatlar ko'rsatish